Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Noxush hodisa: Kongoda poyezd relsdan chiqib ketdi. Halok bo‘lganlar va jarohat olganlar ko‘p

Noxush hodisa: Kongoda poyezd relsdan chiqib ketdi.  Halok bo‘lganlar va jarohat olganlar ko‘p

Foto: «Newsone»

Kongo Demokratik Respublikasining yangi tarixida eng yirik temir yo‘l halokatlaridan biri payshanba kuni Tanganika provinsiyasida sodir bo‘ldi. Poyezdning bir nechta vagoni relsdan chiqib ketgan. Natijada 50 kishi halok bo‘lgan. Jarohatlanganlar soni juda ko‘p. Aniq soni hozircha ma’lum emas, deya xabar berdi «Euro News».

Kongo ijtimoiy siyosat vaziri Stiv Mbikayi «Tvitter»da o‘z hamdardligini bildirdi. U halok bo‘lganlar va zarar ko‘rganlarning oilasiga zarur yordam ko‘rsatilishini ta’kidladi.

Fojia sabablari hozircha noma’lum. Shoshilinch xizmat ko‘rsatish xodimlari hodisa joyida ishlashmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring