Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniyada eng ommalashgan kasallik aniqlandi

Germaniyada eng ommalashgan kasallik aniqlandi

Foto: EuroTopics

Germaniyadagi «Bemorlarni himoyalash» (Patientenschutz) jamg‘armasi rahbari Oygen Brish bayonot berishicha, yolg‘izlik — mamlakatda eng ommalashgan milliy kasallikka aylandi. Bu haqda Spiegel jurnali xabar berdi.

Yakunlanib borayotgan 2022-yilda Germaniyaning deyarli 1,2 mln fuqarosi telefon orqali psixologga bog‘langan. Ko‘pchilik Ukrainadagi urush o‘yi, hayot tashvishlaridan tashqari, yolg‘izlikdan aziyat chekyapti. Ruhshunosdan yordam so‘ragan har to‘rtinchi inson yolg‘iz ekanini aytgan.

«Ayniqsa koronavirus pandemiyasi payti ruhshunoslarga murojaatlar ko‘paydi. Hozir vaziyat boshqacha, biroq asosiy muammo ochiq qolmoqda — yolg‘izlikdan qiynalayotganlar kamaymadi», — dedi Telefonda psixologik yordam ko‘rsatish federal statistikasi ishchi guruhi rahbari Ludger Shtorx.

Murojaat qiluvchilar boshqalar bilan muloqotga kirishishda qiynalishayotganidan nolishgan. Koronavirus pandemiyasidan so‘ng ahvol yanada yomonlashdi.

Shtorx ta’kidlashicha, Ukrainada urush boshlanganidan so‘ng ruhshunoslardan yordam so‘rovchilar orasida keksalar ko‘paygan. Bular urushni o‘z ko‘zi bilan ko‘rganlar, uning dahshatlari yana qaytishidan qo‘rquvni his etayotganlar. 80 yoshdan oshgan har uchinchi abonent bilan suhbat bevosita Ukrainadagi urush haqida kechgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring