Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yolg‘izlik — sekin o‘ldiruvchi qotil

Yolg‘izlik — sekin o‘ldiruvchi qotil

Illyustrativ foto

Nature jurnali yozishicha, yolg‘izlik inson salomatligiga xuddi semirish va tamaki chekish kabi salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Tadqiqotchi olimlar ijtimoiy aloqalarning mavjud emasligi depressiya, yurak-qon tomir kasalliklari va hatto aqliy zaiflikkacha olib keladi, deyishmoqda.

Bunga surunkali xastaliklar va ijtimoiy yakkalanishga duchor bo‘lib, salomatligiga jiddiy putur yetgan Tereza Chaklos misol sifatida keltirildi. Olimlarga ko‘ra, ijtimoiy aloqalar jismoniy va ruhiy barqarorlikni ushlab turishda muhim rol o‘ynaydi.

«Yolg‘izlik oqibatida inson nafaqat o‘zini yomon his qiladi, balki salomatligi bilan bog‘liq jiddiy muammolarga yo‘liqadi, xususan, miyasi faoliyatida o‘zgarishlar yuz beradi, turli kasalliklarni orttirib oladi», — dedi amerikalik jarroh Vivek Murti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring