Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Napoleon Bonapartning o‘limiga odekolon sabab bo‘lgan

Napoleon Bonapartning o‘limiga odekolon sabab bo‘lgan

Foto: «Attuale.ru»

De Monfora universiteti (Buyuk Britaniya) olimlari Napoleon Bonapart o‘limining hech kim kutmagan sababini ma’lum qilishdi. Tadqiqotlarga ko‘ra, bu odekolon bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, deya xabar berdi The Daily Mail.

Napoleon 1821-yil 5-mayda Avliyo Yelena orolida hayotdan ko‘z yumgan. U Buyuk Britaniya dengiz flotiga taslim bo‘lganidan keyin olti yilni o‘sha yerda surgunda o‘tkazgan.

Tekshiruv natijasida o‘limiga oshqozon saratoni sabab bo‘lganligi aniqlandi. Professor Parviz Xarisning aytishicha, onkologik kasallikning rivojlanishiga imperatorning parfyumni yoqtirishi olib kelgan.

Ma’lumki, Napoleon odekolondan juda ko‘p, kuniga bir necha flakonlab foydalangan. U uzoq yillar davomida ushbu odatini tark etmagan, bu uning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin.

AQShda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, efir moylari «endokrin buzuvchi» rolini bajargan bo‘lishi mumkin. Ular gormonlarga ta’sir o‘tkazib, turli buzilishlarni, jumladan, shishlarni keltirib chiqaradi.

Professor Xarisning so‘zlariga ko‘ra, ushbu moylarning uzoq muddat ta’sir ko‘rsatishi umrining so‘nggi yillarida Napoleon sog‘lig‘ining yomonlashganligini ko‘p jihatdan tushuntirib beradi. Sobiq imperator shifokorlarni yoqtirmasdi va dori ichmaslikka harakat qilardi, ammo odekolon ko‘plab kasalliklardan ishonchli himoya ekanligiga amin edi. Kamida 20 yil davomida u tanasini muntazam ravishda odekolon bilan davolagan, boshiga sepgan, ba’zida hatto ichgan ham.

«U harbiy yurishlar paytida o‘zi bilan shishalarni olib ketgan. Qaydnomalarga ko‘ra, u kuniga ikki yoki uchtalab shishadan foydalangan. Zamonaviy odamlar esa bitta shishani bir yilgacha ishlatishi mumkin», — deydi ilmiy ish muallifi.

Biotibbiyot olimlarining so‘zlariga ko‘ra, oldingi odekolonlarda alkogol ko‘p bo‘lgan. Ular Osiyo va Afrikaga safari davomida imperatorni chindan ham bakteriya va viruslardan himoya qilgan bo‘lishi mumkin. Ammo, alal-oqibat, uzoq vaqt davomida dozani oshirib yuborganligi o‘limiga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring