Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Moskvada Navro‘z bayramida 30 qozon osh damlanadi

Moskvada Navro‘z bayramida 30 qozon osh damlanadi

Foto: «m24.ru»

Moskvada nishonlanishi rejalashtirilayotgan «Navro‘z-2019» bayram tantanalarida 30 ta qozonda 3 tonna guruch damlash rejalashtirilgan, dedi poytaxt milliy siyosat departamenti rahbari Vitaliy Suchkov. Bu haqda «Sputnik» xabar berdi.

«Biz, o‘tgan yillardagi tajribadan kelib chiqqan holda, bu yil tayyorlanadigan osh miqdorini oshirdik. Oldin palov Moskvadagi millatlar diasporalari vakillari tomonidan tayyorlangan bo‘lsa, bu yil oshni – professional oshpazlar pishiradi», dedi Suchkov.

Navro‘z bayrami tantanasiga kelgan mehmonlar turli taomlarini tatib ko‘rishlari, xalq amaliy san’ati namunalari bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi. Tadbir doirasida «eng yaxshi oshpaz» tanlovi ham bo‘lib o‘tadi. Bosh sovrinni kosmonavt Solijon Sharipov topshiradi.

Bu yil Navro‘z bayrami Moskvadagi VDNX bog‘ida 14-marta nishonlanadi. VDNX bog‘i hududida 18 ta milliy pavilon, 15ta ovqatlanish hududlari hamda milliy buyumlar va suvenirlar sotuv-ko‘rgazmasi  tashkil etiladi.

Bayram tadbiri bog‘da 75 pavilonda soat 10:00 dan 13:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi. Kirish barcha uchun bepul.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring