Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Meteorit tufayli birinchi inson o‘limi tasdiqlandi

Meteorit tufayli birinchi inson o‘limi tasdiqlandi

Foto: «News.myseldon.com»

Turkiya va AQSh olimlari meteorit tushishi oqibatida inson o‘limi haqida ilk dalillarni topishdi. Tadqiqotchilarning maqolasi «Meteoritics & Planetary Science» jurnalida chop etildi.

Turkiya Respublikasi prezidenti huzuridagi davlat arxivlari bosh boshqarmasida topilgan hujjatga ko‘ra, voqea 1888-yil 22-avgustda sodir bo‘lgan. Mahalliy vaqt bilan soat 20:30 da Yer atmosferasiga olovli shar ko‘rinishida kirgan meteorit Sulaymoniya (Iroq)da bir kishini o‘ldirib, yana bir kishini falaj qilib qo‘ygan. Usmonlilar tilida yozilgan matnda qishloqqa toshli «yomg‘ir» yog‘ilgani, ekinlarni payhon qilgani tilga olingan. Bu zarbali to‘lqin ta’siriga ishora qiladi.

Xavfli hodisalar bir necha marta yuz bergan bo‘lishiga qaramay, shu paytgacha osmon jismlari tushishi oqibatida birorta ham odam halok bo‘lgani qayd etilmagandi. Mana, masalan, 1954-yilda meteorit Amerikaning Alabama shtatida uy tomini teshib o‘tib, Enn Xojes ismli ayolni jarohatlagan. U shifoxonaga yotqizilgan. Shuningdek, Sharqiy Afrika va AQShda ham osmon jismlarining bolalar ustiga tushganligi haqida xabarlar tarqalgan. O‘shanda ham sog‘likka jiddiy zarar yetmagan.

Olimlarning fikricha, osmon jismlari tushishi natijasida odamlarning halok bo‘lgani tilga olingan shunga o‘xshagan boshqa tarixiy dalillar bo‘lishi mumkin. Hozirgi kunda ingliz tilidan boshqa tillarda yozilgan hujjatlar yetarlicha o‘rganilmagan. Ingliz tiliga tarjima qilish ustida esa juda kam mutaxassis faoliyat olib bormoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring