Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Lukashenkoning ikki jiddiy siyosiy raqibi saylovga qo‘yilmadi

Lukashenkoning ikki jiddiy siyosiy raqibi saylovga qo‘yilmadi

Belarus Markaziy saylov komissiyasi Viktor Babariko va Valeriy Sepkaloni prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatga olishni rad etdi.

Saylov komissiyasi rahbari Lidiya Yermoshinaning so‘zlariga ko‘ra, tekshiruv natijasida Babarikoning daromadi Latviya, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarga olib ketilgan. Bundan tashqari, Babarikoning soliq deklaratsiyasida 500 ming dollardan ortiq mablag‘ ko‘rsatilmagan. Bu haqida «Euronews» xabar bermoqda.

Markaziy saylov komissiyasi rahbari, shuningdek, Davlat taftish idorasida «Babarikoning xorijiy moliyaviy yordamdan foydalanish faktlari to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar» mavjudligini ta’kidlamoqda.

9-avgust kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida Viktor Babariko Aleksandr Lukashenkoning asosiy raqibi bo‘lishi kutilayotgan edi. Yana shuni aytish kerakki, u iyun o‘rtalarida hibsga olingan. Hibsga olinishidan oldinroq Viktor Babariko shunday degan edi:

«Agar bu ro‘y bersa (Markaziy saylov kommissiyasi ro‘yxatdan o‘tkazmasa - tahrir), u (Belorusiya prezidenti Lukashenko nazarda tutilyapti) hatto raqobatlashmasligini yoki qandaydir tarzda xalqning irodasini so‘ramasligini ko‘rsatmoqda. Men saylov jarayoni shu yo‘nalishda yuradi deb o‘ylamayman. O‘zboshimchalikdan boshqa rasmiy asoslar yo‘q (rad etish uchun). Ammo keyin bu butun dunyoga namoyish bo‘ladi. Men nima bo‘lishini bilmayman. Bu haqda Belarus xalqiga gapiring».

Saylov komissiyasi yana bir jiddiy Valeriy Sepkaloni ro‘yxatdan o‘tkazishni ham rad etdi. Ammo Svetlana Tixanovskaya «jiddiy xatolari»ga qaramay, prezidentlikka nomzod sifatida tasdiqlandi.

Amaldagi prezident Aleksandr Lukashenko, Andrey Dmitriyev, Sergey Cherechniya va Anna Kanopatskaya ham saylov nomzodi sifatida ro‘yxatga olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring