Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirus Afrikaning aholisi eng ko‘p mamlakatiga yetib bordi

Koronavirus Afrikaning aholisi eng ko‘p mamlakatiga yetib bordi

Foto: «Punch Newspapers»

Nigeriyada ilk bemorga koronavirus («COVID-19») tashxisi qo‘yildi — bu haqda «Korrespondent» Nigeriya sog‘liqni saqlash vazirligi bugun, 28-fevral kuni bergan bayonotga asoslanib xabar tarqatdi.

Ushbu kasallik Lagos shtatidagi bemorda aniqlangan.

Ma’lumot uchun: Nigeriya aholisi soni bo‘yicha Afrikada birinchi, dunyoda yettinchi o‘rinda turadi — 2015-yili mamlakat aholisi soni 200 million kishidan oshgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring