Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kongoda BMT xodimlarini o‘ldirgan 51 kishi o‘limga hukm qilindi

Kongoda BMT xodimlarini o‘ldirgan 51 kishi o‘limga hukm qilindi

Illyustrativ foto

Kongo Demokratik Respublikasida 2017-yilda BMTning ikki nafar xodimini o‘ldirganlikda ayblangan 51 kishiga nisbatan harbiy tribunal o‘lim jazosi tayinladi. Bu haqda «The Guardian» xabar berdi.

Jami 54 kishiga ayblov qo‘yilgandi. Ulardan biri 10 yil ozodlikdan mahrum etildi, ikki nafari esa oqlandi. Ayblanuvchilarning ayrimlariga sirtdan hukm chiqarildi, chunki ba’zilari qo‘lga olinmagan yoki qochib yuribdi.

Kongoda 2003-yildan beri o‘lim jazosiga moratoriy e’lon qilingan, shu bois hukm qilinganlar bir umrga qamaladi.

Zayda Katalan va Maykl Sharp. Foto: «The Guardian» 

BMTning halok bo‘lgan xodimlari: ekspertlar Zayda Katalan (Shvetsiya) va Maykl Sharp (AQSh) 2017-yil mart oyida Kasai markaziy tumaniga hukumat qo‘shinlari va isyonchi kuchlar o‘rtasidagi nizoni o‘rganish uchun yo‘l olgan. Oradan ikki hafta o‘tib ularning jasadlari topildi. Keyin aniqlanishicha, ularni yo‘lda qurolli shaxslar to‘xtatib, otib tashlashgan.

Hukumat bu ishda Kamuina Nsapu isyonchi kuchlarini ayblagandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring