Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Juda ko‘p soatlar va mototsikl: Kiyev shahri hokimi Klichko soliq deklaratsiyasiga yana nimalarni qo‘shdi?

Juda ko‘p soatlar va mototsikl: Kiyev shahri hokimi Klichko soliq deklaratsiyasiga yana nimalarni qo‘shdi?

Foto: «Gromadske»

Ukraina korrupsiyaning oldini olish milliy agentligi saytida Kiyev shahri meri Vitaliy Klichkoning elektron deklaratsiyasi paydo bo‘ldi. Bu haqda «Korrespondent» yozmoqda.

Hujjatda Klichkoning Kiyevdagi ikkitasi kvartirasi: biri — 251,8 kv. m., ikkinchisi — 43,6 kv.m., rafiqasining Lyutejdagi uyi (785 kv.m.) va o‘sha hududdagi yer maydoni (2500 kv.m.) ko‘rsatilgan.

Klichkoning juda ko‘p soatlari bor ekan: «Jacques Murray & Co» fransuz antikvar marmar soati, erkaklar soatlari — «IWC», «Mont Blanc», uch dona «Frank Muller» qo‘l soati», narxi 960 ming grivnalik (35,8 ming AQSh dollari) «Yamaha» royali. Xotinining taqinchoqlari «Van Cleef & Arpels», «Bvlgari», «Tiffany», «Piaget» brendlari tomonidan ishlab chiqilgan, qolaversa, «Hublot», «Van Cleef & Arpels», «Bvlgari» markali qo‘l soatlari bor.

Deklaratsiyaga Kiyev shahri meri rafiqasining «Toyota Sequoia», «Land Rover» avtomashinalarini, o‘zining «Fine Custom Puncher 8.125-4» mototsikli va  «Ironhorse Widebody» pritsep-platformasini kiritgan. Deklaratsiyada 2018-yilda ko‘rsatilgan to‘qqizta velosiped yo‘q.

Klichko Ukraina milliy olimpiya qo‘mitasining pul shaklida bo‘lmagan 1614 grivnalik sovg‘asi va «qo‘shimcha berilgan» 1883 grivnasini ham deklaratsiyaga kiritishni unutmadi. Kattaroq summani esa «Deutsche Bank AG» pul mablag‘lari boshqaruvidan olgan, buyam xatga tushgan — 697 014 grivna.

Kiyev shahri meri o‘tgan yili 318 599 grivna (11,89 ming dollar) maosh olgan.

Merning banklardagi hisoblarida 67 189 grivna, 14 dollar bor, naqdidan esa 24 200 yevro, 13 200 dollar saqlayapti, uchinchi shaxslarga esa 8 211 773 yevro hamda 553 900 dollarni qarzga bergan.

Klichko nomoddiy aktivlar bo‘yicha xizmatlarga xarjlangan 918 540 grivnani ham deklaratsiyada ko‘rsatgan.

Eslatib o‘tamiz, Vitaliy Klichko Kiyev shahri hokimligiga ikkinchi muddatga ham nomzodini qo‘ymoqchi. Ukrainadagi hozirgi siyosiy vaziyat «shaffof hokim» foydasiga o‘ynashini anglash qiyinmas.


P.S.: O‘zbekistonda 2020 yil oxiriga qadar, xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda, davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qilish tizimi yaratilishi haqida Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bergan edi.     

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring