Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Janubiy Sudanda 2013 yildan beri 400 ming kishi halok bo‘ldi. Nega?

Janubiy Sudanda 2013 yildan beri 400 ming kishi halok bo‘ldi. Nega?

Foto: «RIA Novosti»

2013 yildan beri Janubiy Sudanda davom etayotgan nizolar tufayli 400 ming kishi halok bo‘ldi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.

Londondagi gigiyena va tropik tibbiyot maktabining rasmiy saytida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, insonlarning aksariyati mamlakatning shimoli-sharqiy va janubiy hududlarida halok bo‘lgan. Qurbonlarning aksariyati erkaklar, ammo ular orasida ayollar va bolalar ham bor.

2018 yilning boshida urush tufayli 2 million kishi mamlakat ichida boshqa hududlarga ko‘chgan, 2,5 million kishi esa qo‘shni davlatlarga ketishga majbur bo‘lgan.

Janubiy Sudan dunyo miqyosida eng ko‘p insonparvarlik yordami ko‘rsatiladigan mamlakatlardan biriga aylandi. 2018 yilda ushbu mamlkatga 1,7 milliard dollar yordam ko‘rsatilib, yordam 6 million kishini qamrab oldi.

Janubiy Sudanda 2013 yildan beri qonli va qurolli to‘qnashuvlar Salva Kiir hukumati va nuer qabilasi boshlig‘i Riyek Mashar o‘rtasida davom etyapti.

Janubiy Sudan 2011 yili Sudandan ajralib chiqqan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring