Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Janubiy Koreya Xitoyni Vetnamga «almashtirmoqda»

Janubiy Koreya Xitoyni Vetnamga «almashtirmoqda»

Foto: «Asian Legal Business»

Koreys kompaniyalari Vetnamga investitsiyani ko‘paytirmoqda — Koreya Respublikasi Sanoat federatsiyasi bu haqda ma’lum qildi. Janubiy Koreya kompaniyalarining 2017-yilgi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarining 17,7 foizi Vetnamga to‘g‘ri keldi, 1990-yilda bu ko‘rsatkich 3,7 foizga teng edi.

Shuning barobarida Xitoyga koreys investitsiyalari qisqarmoqda: 2000-yilda XXR ga investitsiyalarning 44,5 foizi ajratilgan bo‘lsa, hozir 27,6 foizni tashkil etadi.

Vetnamdagi soliq imtiyozlari, arzon ishchi kuchi kabi omillar koreys kompaniyalarini Xitoyni tark etib, uning janubiy qo‘shnisiga o‘tib ishlashga undamoqda.

Janubiy Koreya — Vetnam uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalar kirituvchi eng katta manba. 2018-yilning oktyabriga kelib, bu mamlakatdagi 7,3 mingdan ortiq loyihalarga koreyslar 62,1 milliard dollarlik sarmoya olib kirishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring