Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Janubiy Afrikada havo harorati -9,9 darajagacha sovib ketdi

Janubiy Afrikada havo harorati -9,9 darajagacha sovib ketdi

Foto: «TimesLIVE»

Janubiy Afrika Respublikasi (JAR)ning turli shaharlarida o‘tgan kunlar davomida rekord darajada past havo harorati ro‘yxatga olindi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Harorat o‘zgarishi bo‘yicha jami 19 ta rekord qayd etilgan.

Yohannesburgda havo harorati -7 darajagacha sovib ketdi. Ilgarigi -6,3 darajali rekord 1995-yilning 19-iyulida qayd etilgandi. JARning qish qahratoni eng zabtiga olgan shahri Kimberli: -9,9 daraja sovuq (2000-yilda -8,1 daraja sovuq bo‘lgandi).

Mamlakatning ayrim hudularida qor yog‘di. Meteorologlar havo harorati tez orada me’yoriga qaytishini prognoz qilishdi.

Ma’lumot uchun: Janubiy qutb mamlakatlarida, xususan, JARda hozir qish fasli hukm surmoqda. Biz uchun eng issiq iyun, iyul, avgust oylarida ularda salqin va sovuq havo hukm surishi tabiiy holat. Biroq xotirjamlik uchun asos bo‘lolmaydi. Sayyoramiz bo‘ylab ham issiq, ham sovuq havo rekordlari qatorasiga yangilanayotgani, umuman olganda, hammamiz uchun: insoniyatdan tortib hayvonot va o‘simlik dunyosigacha — yomon xabar!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring