Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti uchta xavfdan xavotirda

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti uchta xavfdan xavotirda

Foto: «Fotolia»

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) organizmga tushayotgan mikroplastikni odamlar salomatligi uchun xavfli deb hisoblamaydi, biroq olimlarni uning ta’sirini o‘rganishga chaqirdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

«Biz zudlik bilan plastmassa mikrozarralarining salomatlikka ta’siri haqida chuqur bilimga ega bo‘lishimiz zarur, negaki bu zarralar har joyda bor, jumladan, biz ichayotgan suvda ham. Bizdagi mavjud ma’lumotlarga ko‘ra hozirgi kunda ichimlik suvidagi mikroplastik konsentratsiyasi salomatlik uchun xavf solmaydi. Biroq biz ko‘proq ma’lumotlarga ega bo‘lishimiz zarur. Shuningdek, butun dunyoda plastik ifloslanish o‘sishini to‘xtatishimiz zarur», — dedi JSST departament direktori, doktor Mariya Neyra.

JSST ma’lumotiga ko‘ra, 150 mikrometrdan yirikroq plastmassa mikro zarralari odam organizmiga so‘rilmaydi.

Shuningdek, tashkilot vakillari mikroplastik uchta shaklda xavf tug‘dirishidan ogohlantirdi: u odam uchun fizik xavf solishi mumkin, mikroplastikdan ajralib chiqqan kimyoviy modda organizmni zaharlashi, bundan tashqari, mikroplastikdagi mikroorganizmlar ham toksik xususiyatga ega bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring