Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Istanbulda samolyot qo‘nish vaqtida bo‘linib ketdi. Qurbonlar bor

Istanbulda samolyot qo‘nish vaqtida bo‘linib ketdi. Qurbonlar bor

Foto: Reuters

Pegasus aviakompaniyasining «Izmir – Istanbul» yo‘nalishida parvoz amalga oshirayotgan samolyoti qo‘nish vaqtida sodir bo‘lgan halokatdan so‘ng qurbonlar soni 3 nafarga yetdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

5 fevral kuni Turkiyaning Pegasus avaikompaniyasiga tegishli bo‘lgan Boeing 737-800 NG avialayneri Sabixi Gyokchen aeroportiga qo‘nish vaqtida aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagidan 50-60 metr nariga chiqib ketib devorga urilgan va 3 qismga bo‘linib ketgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaga noqulay ob-havo sabab bo‘lgan. Samolyot qo‘nayotgan vaqtda kuchli shamol esib, yomg‘ir yog‘ayotgan bo‘lgan. 

Ma’lum qilinishicha, aeroport vaqtinchalik yopilgan, Turkiya bosh prokuraturasi voqeani tergov qilishni boshlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring