Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Isroilning Eronga hujumi oqibatlari haqida ma’lumot berildi

Isroilning Eronga hujumi oqibatlari haqida ma’lumot berildi

Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyan Eronning markaziy qismidagi Isfahon osmonida urib tushirilgan Isroil dronlari mamlakatga hech qanday jismoniy va moddiy zarar keltirmaganini aytdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil tarafdorlari «mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantirishga va butun vaziyatni bo‘rttirib ko‘rsatishga» behuda urinishgan.

«Urib tushirilgan uchuvchisiz moslamalar hech qanday moddiy va jismoniy zarar keltirmagan», - deya ta’kidladi u.

Bundan oldin Eron armiyasi havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan Isfahon osmonida bir nechta uchuvchisiz uchoqlar tutib olingani ma’lum bo‘lgan edi.

19 aprelga o‘tar kechasi Isroil Eron hududiga hujum boshladi. Bu haqda ABC News amerikalik amaldorga tayanib xabar berdi. CNN ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil harbiylari Erondagi portlashlar haqida gapirmagan va «bu mavzu bo‘yicha hozircha hech qanday izohlari yo‘qligini» aytgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘z navbatida Isroil ham Eronning bir necha kun avvalgi zarbalarining 99 foizi qaytarilganini ma’lum qilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring