Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroilda yangi prezident saylandi

Isroilda yangi prezident saylandi

Foto: Michael Brochstein/ZUMAPRESS.com/Global Look Press

Isroil parlamenti yalpi majlisda yashirin ovoz berish orqali Itsxak Gersogni mamlakatning yangi prezidenti etib sayladi. Bu haqda Isroilning Kan radiosi xabar bermoqda.

Birinchi bosqichda siyosatchi talab qilingan minimal 61 ta ovoz bilan 120 ovozdan 87 ta ovoz oldi. Gersog Reuven Rivlin o‘rnini egallaydi. Bu iyul oyining birinchi o‘n kunligi oxirida amalga oshadi.

Gersog 60 yoshda. U yahudiylarning diasporalar bilan aloqalar va yahudiylarni Isroilga qaytarish agentligining rahbari hisoblanadi. Shunisi e’tiborga molikki, uning otasi Xaim Gersog mamlakat prezidenti bo‘lgan (1983-yil 5-maydan 1993-yil 13-maygacha, 1997-yilda vafot etgan).

Isroil — parlament respublikasi. Tantanali funksiyalar prezidentga yuklanadi. Mamlakat qonunlariga ko‘ra, knesset (parlament) a’zolari uni bir yillik muddatga saylashadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring