Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Isroil kuchlari yana bir falastinlikni otib o‘ldirdi

Isroil kuchlari yana bir falastinlikni otib o‘ldirdi

Isroil kuchlari G‘arbiy Sohilda bir qurolsiz 26 yoshli falastinlikni otib o‘ldirdi.  

Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, Isroil kuchlari G‘arbiy Sohilda qurolsiz bir falastinlikni otib o‘ldirgan. Isroil armiyasi qotillikni «harbiy postdagi askarlarga hujum», deya atagan.

26 yoshli Abdulla Sami Kalalve juma kuni kechqurun «Nablus janubidagi Huvara shahri yaqinida isroillik bosqinchilarning o‘qlaridan halok bo‘ldi», deyiladi Falastin vazirligi bayonotida.

Falastinning WAFA rasmiy axborot agentligi Falastin Qizil Yarim Oy jamiyati vakili Ahmad Jibrildan iqtibos keltirgan holda, bu fuqaro Isroil kuchlari tomonidan og‘ir yaralanganidan bir necha daqiqa o‘tib, vafot etganini ma’lum qilgan.

WAFA xabariga ko‘ra, Kalalvening o‘limini ham qo‘shganda joriy yilda Isroil kuchlari tomonidan o‘ldirilgan falastinliklar soni 36 nafarga yetdi. Ular orasida sakkiz bola va bir keksa ayol ham bor. Xuddi shu davr mobaynida bosib olingan Falastin hududlarida olti nafar isroillik fuqaro, jumladan, bir bola va bir ukrainalik fuqaro halok bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring