Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Isroil Eronga zarba berdi

Isroil Eronga zarba berdi

Isroil bir necha dronlar yordamida Eronga zarba berdi, havo mudofaasi ishga tushdi, deb xabar berdi Eron televideniyesi.

Tasnim xabariga ko‘ra, Isfahondagi yadro inshootlari xavfsiz holatda. CNNning yozishicha, Isroil yadroviy inshootlarga hujum qilishni rejalashtirmagan. Bir kun oldin Isroil AQShni Eronga 24-48 soat ichida hujum qilishi haqida ogohlantirgan, deb yozadi Bloomberg.

Eron OAVlari Isfahon shahri yaqinida portlashlar sodir bo‘lganini xabar qilmoqda.

«Manbalarning aytishicha, Isfaxon viloyatida kuchli portlash ovozlari eshitilgan», — deya xabar berdi davlat televideniyesi.

FARS  agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, portlashlar xalqaro aeroport yaqinida joylashgan Harbiy havo kuchlari bazasi oldida sodir bo‘lgan.

Jami uchta portlash sodir bo‘lgan. Ehtimoliy nishonlardan biri harbiy radar bo‘lgan va portlashlar natijasida bir qancha ma’muriy binolarning oynalari ham singan.

Eronning bir qancha yadroviy inshootlari Isfaxon viloyatida joylashgan, deya qayd etadi Reuters.

Tehron va boshqa shaharlar ustidan parvozlar to‘xtatilgani xabar qilinmoqda.

Xususan, Eron poytaxtidagi Imom Humayniy nomidagi xalqaro aeroport yopilgan. Tehron, Isfaxon va Sherozga, shuningdek, mamlakat g‘arbi, shimoli-g‘arbi va janubi-g‘arbidagi aeroportlarga parvozlar to‘xtatilgan.

Eronning bir qancha hududlarida havo hujumidan mudofaa tizimlari ishga tushgan.

«Eronning havo hujumidan mudofaa kuchlari mamlakatning bir qancha viloyatlari osmonida faollashdi», — deyiladi IRNA axborot agentligi xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalro Isroil Eron hujumiga javob berish niyatida ekani va AQShni rejalari haqida xabardor qilishi haqida xabar berilgandi.

Bunga qadar Eron 13 aprel oqshomida Isroilga hujum qilgandi. Hujum paytida yuzlab raketa va dronlardan foydalanilgan. Amerika kuchlari Isroil armiyasiga hujumni qaytarishda yordam berib, 80 dan ortiq dron va kamida oltita ballistik raketani yo‘q qilgandi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring