Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ishga kech qolgan rossiyalik shifokor bolaning o‘limida sud qilinadigan bo‘ldi

Ishga kech qolgan rossiyalik shifokor bolaning o‘limida sud qilinadigan bo‘ldi

Foto: «RIA Novosti»

Vladimirda shifokor ishga kech kelib, bolani operatsiya qilishga ulgurmaydi. Natijada 2 yoshli bola hayotdan ko‘z yumadi. Bolaning ota-onasi shifokorni sudga berdi. Bu haqda tergov qo‘mitasi rasmiy vakili Svetlana Petrenko ma’lum qildi, deb yozadi «TASS».

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2013-yil sentyabrda bir bola o‘tkir infeksiya bilan shifoxonaga tushadi. Unga reanimatsiya talab etiladi. O‘sha kuni anesteziologiya va reanimatsiya bo‘limi ishlarini tashkil etishga mas’ul bo‘lgan Sergey Manuxin ishga kech keladi. Buning oqibatida bolaga tegishli tibbiy yordam ko‘rsatilmaydi va bola hayotdan ko‘z yumadi. Bolaning o‘limiga o‘tkir nafas yetishmovchiligi sabab bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring