Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Gruziyada 600 ming nafar fuqaroning banklardan qarzdorligi bekor qilindi

Gruziyada 600 ming nafar fuqaroning banklardan qarzdorligi bekor qilindi

Foto: «Zerkalo nedeli»

Gruziya hukumati qarzi tufayli «qora ro‘yxat»ga tushib qolgan 600 ming nafar fuqaroning banklardan qarzdorligini bekor qilish haqida qaror chiqardi. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri Mamuka Baxtadze ma’lum qildi.

«Gap banklar, onlayn tashkilotlar va boshqa moliyaviy institutlardan qarzdor 600 ming nafar fuqaro haqida ketyapti. Jami qarzdorlik 1,5 milliard lari (565,3 million dollar). Qarorga ko‘ra, fuqarolarimizning ushbu qarzlari bekor qilinadi», — dedi Baxtadze.

Bosh vazirning aniqlik kiritishicha, shuningdek, 150 ming nafar ijtimoiy himoyaga muhtojlar va o‘n mingdan ortiq imkoniyati cheklanganlarning qarzlaridan ham voz kechiladi. Jarayon 15-dekabrdan boshlanib, oy oxirigacha davom etadi.

Bosh vazir o‘z so‘zining oxirida mamlakat Yangi yilni qarzlarsiz kutib olishini bildirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring