Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Global isish Rossiya hududining kengayishiga sabab bo‘lmoqda

Global isish Rossiya hududining kengayishiga sabab bo‘lmoqda

Foto:«Pravda.ru»

Global isish natijasida sayyoramizdagi muz zahiralari erib ketmoqda. Shimoliy qutb bilan eng uzun chegarasi bo‘lgan Rossiya ham bunday muzliklar erishidan xoli emas. Muzliklarning erishi Rossiyani yangi orollar bilan boyitmoqda.

Gap shundaki, Rossiya dengiz floti Arktikada muzliklarning erishi natijasida aniqlangan beshta yangi orolni e’lon qildi.

Harbiy-dengiz kuchlari dastlab orollarni sun’iy yo‘ldoshdan olingan tasvirlardan foydalangan holda aniqladilar. So‘ngra ekspeditsiya xaritaga tushirdilar, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.

Yangi orollar Shimoliy Muz okeanida, materikning shimoli-g‘arbida joylashgan Novaya Zemlya arxipelagining qirg‘og‘idagi «Vylki» muzliklari yaqinida joylashgan. Ularning maydoni 900 dan 54,500 kvadrat metrgacha - 10 ta futbol maydoniga teng.

«Asosan, bu (kashfiyot) muzliklarning erishi bilan bog‘liq», - deydi seshanba kuni ekspeditsiya rahbari Aleksandr Moiseyev TASSga asoslanib.

Agar muzliklar inqirozi shunday davom etsa, 2100-yilga kelib, dunyo aholisining beshdan bir qismi yashayotgan hudud suv ostida qolishi mumkin. Maldiv orollari cingari orol-davlatlar ham suv ostida yo‘q bo‘lib ketishi ehtimoli bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring