Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gadhaym qishlog‘i «Breksit»dan so‘ng Yevropaning yuragiga aylanadi

Gadhaym qishlog‘i «Breksit»dan so‘ng Yevropaning yuragiga aylanadi

Foto: «Jordan Times»

Gadhaym — Bavariya (Germaniya)dagi qishloq. Ertadan keyin shu kichkina qishloqcha tarixidagi eng muhim voqea yuz beradi. Mahalliy aholi «Breksit»ni intiqlik bilan kutmoqda. Bu haqda «Euronews» xabar berdi.

«Yevropa ittifoqining yangi jo‘g‘rofiy markazi Gadhaymga ko‘chadi», — dedi burgomistr Yurgen Gyots.

Yagona Yevropa yuragi bir necha marta almashgan. Xorvatiya YeIga 2013-yilda qo‘shilganidan keyin ushbu maqom Gadhaymdan 70 kilometr naridagi Vesterngrundga o‘tdi. Oradan bir yil o‘tib, fransuzlarga qarashli Mayotta muxtor oroli YeI tarkibida paydo bo‘lgach, jo‘g‘rofiy markaz yana siljidi, ko‘p uzoqqamas — 500 metrga.

Gadhaym qishlog‘i. Foto: «The Guardian»

Endigi o‘zgarishlar esa ancha jiddiy. Butun boshli «Tumanli albion» Yevroittifoq shakl-shamoyilini o‘zgartirib ketmoqda, buni esa ittifoqning bo‘lg‘usi jo‘g‘rofiy markazi ahli, ular atigi 80 kishi, intiqlik bilan kutishmoqda.

«Shu paytgacha Ittifoqqa faqat qo‘shilishardi. Uni birinchi marta tark etishyapti. Ammo keyingi safar, «og‘irlik markazi» o‘zgaradigan bo‘lsa, bu qaysidir mamlakat chiqib ketishi hisobiga emas, balki qo‘shilishi evaziga bo‘lishini istardim», — dedi burgomistr Gyots.

Hozir Gadhaym mehmonlarni kutishga shay: Yevropa markazi atalmish zaminga bayroqlar qadab qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, YeI markaziga aylangan Vesterngrundga oxirgi to‘rt yilda 10 ming nafar sayyoh kelib ketgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring