Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Finlyandiya armiyasida vegetarianlik kuni joriy etiladi

Finlyandiya armiyasida vegetarianlik kuni joriy etiladi

Foto:«YLE.fi»

Finlyandiya mudofaa kuchlari taomnomasida vegetariancha ovqatlar turi ko‘payadi, deb xabar bermoqda «YLE» teleradiokompaniya. Qolaversa, bir kun go‘shtsiz ovqatlar kuni bo‘ladi.

Baliq vegetariancha ovqatlar ro‘yxatidan o‘chiriladi. Uning o‘rnini sut mahsulotlari va tovuq tuxumi, kartoshka, pasta (makaron), soya va kuorn (qo‘ziqorindan olinadigan protein) egallaydi.

Bu haqda Finlyandiya mudofaa kuchlari logistika markazi mayori Eyya Pulkki «YLE» teleradiokompaniyasiga intervyuda aytib o‘tdi.

Ta’kidlanishicha, armiya taomnomasidagi islohotlardan maqsad aslo mablag‘larni tejash emas. Asosiy sabab — o‘simliklardan olinadigan oziq-ovqatlarning foydaliligi va go‘sht ishlab chiqarishning iqlim o‘zgarishlariga ta’siridir.

Eslatib o‘tamiz, Norvegiya armiyasida ham 2013-yildan beri bir kun vegetarianlik kuni qilib belgilangan. Ularning ham maqsadi xuddi shunday — sog‘lom turmush tarzi va atrof-muhitni asrashga hissa qo‘shish.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring