Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropaning eng kuchli armiyalari reytingi e’lon qilindi

Yevropaning eng kuchli armiyalari reytingi e’lon qilindi

Foto: «RIA Novosti»

«Business Insider» jurnali talqiniga ko‘ra, Rossiya armiyasi Yevropadagi eng kuchli armiya deya e’tirof etildi. Reytingga jami 25 Yevropa mamlakati armiyasi kiritilgan bo‘lib, harbiy xizmatchilar va texnika soni, mudofaaga ajratiladigan mablag‘lar hisobga olindi.

Jurnal ma’lumot berishicha, ayni paytda Rossiyada harbiy xizmatchilar soni 3,5 million nafardan oshadi, deyarli to‘rt mingta samolyot, 20 mingdan ziyod tanklar, 350 dan ortiq kemalar Rossiya mudofaa qudratiga xizmat qilmoqda. Yillik harbiy budjet — 47 mlrd. dollar.

Ikkinchi o‘rinda — Fransiya: 388 ming nafardan ortiq harbiy xizmatchi, 1,2 mingdan ziyod samolyotlar, shuningdek, boshqa texnikalar. Yillik harbiy budjet — 40 mlrd. dollar.

Uchinchi o‘rinda esa harbiy maqsadlar uchun yiliga 50 mlrd. dollar sarflovchi Buyuk Britaniya. Harbiy xizmatchilar soni — 279 ming kishi, 800 ta samolyot.

Yevropaning eng kuchli 10 armiyasi

  • Rossiya;
  • Fransiya;
  • Buyuk Britaniya;
  • Turkiya;
  • Germaniya;
  • Italiya;
  • Ispaniya;
  • Polsha;
  • Gretsiya;
  • Ukraina.

Reytingdagi oxirgi — 25-o‘rinda Belgiya joylashgan. Harbiylari soni 38 ming kishi, harbiy budjeti esa 5 milliard dollarni tashkil etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring