Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Er-xotin 20 yilda katta o‘rmonni tiklashdi (foto)

Er-xotin 20 yilda katta o‘rmonni tiklashdi (foto)

Foto: «Instituto Terra»

Braziliyalik suratkash Sebastyan Salgada va rafiqasi Leliya hatto kichkina bir jamoa ham atrofidagi dunyoni o‘zgartira olishini amalda isbotlashdi: 20 yil avval ularning uyi yalang tepalik etagida joylashgandi, endi esa hammayog‘i tropik o‘rmon.

Foto: «Instituto Terra»

Sebastyan va Leliyaga 90-yillarda Aymoresh shahri yaqinidagi rancho meros qoladi. Ranchoning tevarak-atrofidagi o‘rmon kesib tugatilgan, temir qazib olingan, qurg‘oqchilik, tuproq yemirilishi oqibatida, xullas, yashab bo‘lmas ahvolga kelib qolgandi.

Foto: «Instituto Terra»

Er-xotin bir paytlar Riu-Dosi daryosi vodiysida gullab-yashnagan tropik o‘rmonni yana tiklashga ahd qilishdi va 1998-yili «Instituto Terra» ekologik tashkilotiga asos solishdi.

Ranchoga xususiy qo‘riqxona maqomi berildi. Sebastyan va Leliya og‘ir ishga kirishgandi: gap rancho atrofiga to‘rt-beshta daraxt ekish haqida emas, balki 710 gektar yerning butun ekotizimini tiklash haqida ketyapti.

Foto: «Instituto Terra»

Homiylar, ko‘makchilar topildi va ular birgalikda 20 yil davomida 2 million tupdan ortiq daraxt va butalar o‘tqazishdi. Er-xotin bir paytlar yaroqsiz holga kelib qolgan bu yerlarda 300 dan ortiq o‘simlikka qayta hayot bag‘ishlashdi.

Foto: «Instituto Terra»

Aql bovar qilmaydi: o‘rmon paydo bo‘lganidan so‘ng yovvoyi jonzotlar qaytishni boshladi: hozir bu yerda 172 xil qush va 33 turdagi hayvon yashashi aniqlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring