Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Makron voz kechgan prezidentlik pensiyasi qancha?

Makron voz kechgan prezidentlik pensiyasi qancha?

Foto: AP

Prezident Emmanuel Makron prezidentlik pensiyasidan voz kechdi, deya xabar bermoqda «Euronews». Bunaqasi bo‘lmagan, ayniqsa, mamlakatda pensiya islohotiga qarshi namoyishlar kuchaygan bir chog‘da.

Prezident pensiyasi qancha?

Sobiq fransuz prezidentlariga, 1955-yilgi qonunga ko‘ra, umrbodlik oylik to‘lov (pensiya) belgilangan. Bu, masalan, hozirgi qiymatda amaldagi davlat maslahatchisining maoshiga teng — soliqqa tortilmasidan burun 6220 yevro.

Makron ana pensiyadan voz kechgan birinchi prezident bo‘ldi.

«Biz xalq saylaganlar namuna ko‘rsatishlari kerak bo‘lgan bir davrda yashayapmiz», — «Le Parisien» gazetasi prezident devonidan ana shunday iqtibos keltirdi.

Makron barcha sobiq prezidentlar a’zo Fransiya Konstitutsion kengashiga kirmasligini ham bildirdi. Demakki, u oylik 13,5 ming yevro daromaddan quruq qolmoqda. Ammo bu borada Makron birinchi emas, Fransua Olland ham jo‘mardligini isbotlab ketgandi.

Yangi qonun

Odamlarni namoyishga undagan pensiya to‘g‘risidagi yangi qonunga ko‘ra, «pensiya yoshi» o‘zgarmaydi — 62 yosh, ammo to‘liq pensiya olish uchun 64 yoshgacha ter to‘kishga to‘g‘ri keladi. Bosh vazir Eduar Filippning uqtirishicha, ana shu «aqlli chora» fransuzlar o‘rtasida minimal pensiyani 1000 yevrogacha oshirish imkonini berarkan.

Bir yarim hafta ilgari hukumat namoyishchilarga yon bergandek bo‘ldi, yangi qonun avval-boshdan rejalashtirilganidek, 1963 yilda tug‘ilganlarga emas, balki 1975-yil va undan keyin tug‘ilganlarga tatbiq etiladigan bo‘ldi.

Darvoqe, Emmanuel Makron 1978-yilda tug‘ilgan, ikki yil ko‘proq ishlab berishiga to‘g‘ri keladi endi...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring