Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyodagi eng boy hayvonning 500 mln dollari bor

Dunyodagi eng boy hayvonning 500 mln dollari bor

Gyunter VI — dunyodagi eng boy uy hayvoni.

Instagram tahlilchilari eng boy uy hayvonlarining ro‘yxatini tuzishdi. Bu hayvonlarning ijtimoiy tarmoqdagi bitta posti falon pul...

Amerikalik qo‘shiqchi Teylor Sviftga qarashli Oliviya Benson laqabli mushuk eng boy hayvonlar ro‘yxatida uchinchi o‘rinda (97 mln dollar), deb yozdi All About Cats. 

Teylor Svift va Oliviya Benson (mushuk). Foto: Instagram/taylorswift 

Ijtimoiy tarmoqlarda mashhur Nala laqabli mushuk — 100 mln dollarli millioner (ikkinchi o‘rin).

Biroq hech qaysi mushuk nemis ovcharkasining oldida ip esholmaydi. Gyunter VI laqabli bu it Italiyaning Gunther Corporation mediakompaniyasiga qarashli bo‘lib, 500 million dollar puli bor ekan. Va haqli ravishda eng boy hayvonlar reytingini boshqarmoqda.

Oliviya Bensondan keyingi o‘rinlarni amerikalik taniqli teleboshlovchi Opra Uinfrining itlari egallagan: Sedi, Sanni, Loren, Leyla va Lyuk.

Eng boy uy hayvonlari ro‘yxatida, qolaversa, marhum modeler Karl Lagerfeldning mushugi (13 mln dollar), marhum aktrisa Betti Uaytning Pontiak laqabli iti (5 mln dollar)ni uchratamiz.

Teylor Sviftning yana bir mushugi bor: laqabi — Benjamin Batton (Bred Pittning mashhur qahramoni nomiga qo‘yilgan), biroq u millinerlar ro‘yxatiga ilinmadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring