Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyoda ilk bor tirik odamning qo‘l panjasi boshqa odamga ko‘chirib o‘tkazildi

Dunyoda ilk bor tirik odamning qo‘l panjasi boshqa odamga ko‘chirib o‘tkazildi

Foto: «Almaty.tv»

21-yanvar kuni Vetnam, Xanoy shahridagi 108-sonli gospitalda harbiy jarrohlar dunyoda birinchi bo‘lib jonli donorning qo‘l panjasini boshqa odamga muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazishdi, deya xabar berdi «VNExpress» internet-portali.

Operatsiya 2016-yilda ishlab chiqarishda baxtsiz hodisa tufayli jarohatlangan bemorda o‘tkazildi. Operatsiyadan so‘ng bir oy davomida bemorning yangi chap qo‘li to‘liq birikib ketdi.

Ishlab chiqarishda chap tirsagining bukilish sohasida og‘ir jarohat olgan boshqa bir bemor esa donor bo‘ldi. Bemorning qo‘lini asrab qolishga bo‘lgan uch haftalik urinishdan so‘ng boshlangan gangrena shifokorlarni amputatsiya qilish haqida qaror qabul qilishga majbur qildi. Bemorning chap qo‘l panjasi umuman shikastlanmagandi. Gospital shifokorlari bemorlar va ularning oila a’zolari bilan suhbatlashdi. Natijada tirsagidan kesib tashlanishi kerak bo‘lgan qo‘l panjasi donorligiga rozilik olindi.

Transplantatsiya operatsiyasi sakkiz soat davom etdi, deya xabar berdi operatsiyaga boshchilik qilgan gospital rahbari o‘rinbosari va bosh jarrohi Nguyen Txe Xoang.

«Odam qo‘li murakkab tuzilishga ega bo‘lgani uchun qo‘l panjasini ko‘chirib o‘tkazish nihoyatda mashaqqatli jarayon hisoblanadi. Ustiga-ustak, donorning tirsagida gangrena boshlangani bois uning qaytalanmasligi uchun tegishli choralarni ko‘rishga to‘g‘ri keldi», — deydi u. — Shuningdek, qabul qilib oluvchi bemorning qo‘l mushak to‘qimasi transplantni biriktirish nuqtai nazaridan qariyb to‘rt yil davomida umuman ishlatilmagan. Bu ham jiddiy muammo bo‘ldi».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring