Dunyoda birinchi: Xitoyda ko‘p qavatli yer osti mehmonxonasi ochildi
Shanxay shahridan 30 kilometr uzoqlikda dunyodagi birinchi «yer osti» mehmonxonasi qurildi. Uning eshiklari mehmonlar uchun 20-noyabrdan ochiladi. G‘aroyib loyihaning nomi ham g‘aroyib: «To‘nkarilgan osmon».
Besh yulduzli mehmonxonaning 18 qavatidan 16 qavati yer sathidan pastda joylashgan, biroq ochiq havoga chiqish yo‘liga ega.
Loyihani amalga oshirish uchun muhandislar, loyihachilar va ishchilar — jami 5000 kishi ter to‘kdi. Qurilish ishlari 10 yil davom etdi. Mehmonxona balkonli 336 xonaga ega, ulardan sharshara manzarasi ko‘rinib turadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter