Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Deraza oynalari kaltakesaklar va qurbaqalar uchun boshpanaga aylandi

Deraza oynalari kaltakesaklar va qurbaqalar uchun boshpanaga aylandi

foto:120.su

AQShning Florida shtati Port Sent-Lyusi shahrida yashovchi Jessika Shrek uyining derazasi qurbaqa va kaltakesaklar uchun boshpanaga aylandi, deb xabar bermoqda 120.su qiziqarli va antiqa xabarlar nashri.

Avvaliga xonim deraza oynasida yettita kaltakesak va bitta qurbaqani sanadi. Yana oltita kaltakesak esa boshqa derazaga yopishib olganini ko‘rdi. Va bularni tashqaridan tunda videoga olib ijtimoiy tarmoqlarga joyladi. Jessika hamma jonzotlar derazalarga yopishib olganiga sabab issiq oynalar bo‘lsa kerak, deb izohladi.

Ayni paytda Jessikaning derazalari kunduzi ketib, kechasi qaytadigan mehmonlar uchun doimiy boshpanaga aylangan. Biroq, uy bekasi bunga qarshi emas – mayli  o‘tiraversin, zarari yo‘q demoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring