Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Ien» qurbonlari soni kamida 14 nafarga yetdi

«Ien» qurbonlari soni kamida 14 nafarga yetdi

Foto: Palm Beach Post

AQSh sharqiga yopirilgan «Ien» dovuli oqibatida Florida shtatida qurbonlar soni kamida 14 nafarga yetdi, deb xabar berdi Palm Beach Post nashri.

Rasmiylar Sarasota okrugida — ikki, Sharlott okrugida — olti, Li okrugida — besh, Volus okrugida — bir o‘lim holati qayd etilganini tasdiqlashdi.

Shtatning turli chekkalaridan qurbonlar haqida xabarlar olinmoqda. Dovuldan so‘ng ko‘plab vayronalar qoldi, shu bois hukumat vakillari qurbonlarning aniq soni haqida ma’lumot berish imkoniga emas. Qurbonlar soni vaqt o‘tishi bilan oshishi kutilyapti.

«Ien» dovuli butun Kubani va Floridaning 2 milliondan ortiq aholisini elektrsiz qoldirdi. Ya’ni shtatdagi har beshinchi elektr foydalanuvchisi tarmoqdan uzilib qolgan.

Dovul yetkazgan zararni «tarixiy» deb ta’riflagan shtat gubernatori Ron Desantis Florida daryolarining biridagi toshqinni har 500 yilda sodir bo‘ladigan ofatga tenglashtirdi. Prezident Jo Bayden tabiiy ofat yuzasidan murojaat qilib, Floridagi yordam ko‘rsatishga chaqirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring