Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chilidagi o‘rmon yong‘inlari 26 kishining umriga zomin bo‘ldi

Chilidagi o‘rmon yong‘inlari 26 kishining umriga zomin bo‘ldi

Foto: Twitter

Chilidagi o‘rmon yong‘inlari 26 kishining umriga zomin bo‘ldi, bu haqda El Periodico mahalliy hukumat bayonotiga asoslanib xabar berdi.

O‘rmon yong‘inlari 40 daraja jazirama issiq va qurg‘oqchilik tufayli yuzaga keldi. Nashr yozishicha, yong‘inlar oqibatida qariyb 280 ming gektar o‘rmon yonib kulga aylangan.

Jarohat olganlar soni taxminan 600 nafarga yetgan, shulardan 16 nafarining ahvoli og‘ir. Tilsiz yov 1 559 ta uyning kulini ko‘kka sovurgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring