Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chilida kuchli o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda

Chilida kuchli o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda

Yong‘in 8 ming gektarga yaqin maydonni qamrab oldi, natijada kamida 10 kishi halok bo‘ldi.

Yong‘in oqibatida 28 nafarga yaqin kishi turli darajada kuyish va boshqa tan jarohatlari olgan.

Xabarlarga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab o‘ndan ortiq yong‘in sodir bo‘lmoqda. Ularning aksariyati Vina del Mar va Valparaiso sayyohlik mintaqalarida joylashgan. Yong‘in allaqachon minglab gektar o‘rmonlarni vayron qilgan.

Chili prezidenti Gabriel Borik mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi.

Bir qancha hududlarda aholi evakuatsiya qilinmoqda. Kuchli shamol va issiq havo tufayli hozircha vaziyatni nazoratga olishning imkoni bo‘lmayapti.

Eslatib o‘tamiz, bir muddat oldin Chili poytaxtida havo harorati keskin ko‘tarilgani bois xavfning eng yuqori qizil darajasi haqida e’lon qilingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring