Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qandli diabetga chalinganlarda buyrak yetishmovchiligi rivojlanishini sekinlashtirish yo‘li topildi

Qandli diabetga chalinganlarda buyrak yetishmovchiligi rivojlanishini sekinlashtirish yo‘li topildi

Hozir dunyoda yarim milliarddan ortiq kishi qandli diabetdan aziyat chekmoqda. Prognozlarga ko‘ra, 2030 yilga borib, bu kasallik bilan og‘rigan bemorlar soni 1,3 milliard nafargacha yetishi mumkin. Bu esa ushbu xastalikdan nogironlik holatlari ortishiga sabab bo‘lmoqda.

Olimlar fikriga ko‘ra, noto‘g‘ri ovqatlanish, kamharakatlik oqibatida kelib chiqadigan ortiqcha vazn qandli diabetning asosiy omildir. Ana shu dardga chalinganlarda buyrak hujayralari shikastlanib, ularning filtrlash qobiliyati pasayadi.

Bu esa oxir-oqibat surunkali buyrak yetishmovchiligi rivojlanishiga olib keladi. Shu asnoda buyraklar funksiyasini saqlab qolish uchun qat’iy va davomli parhez hamda uzoq muddatli dori-darmonlar muolajasi talab etiladi.

«Yaponiya olimlari tarkibida bardoksolon metil bo‘lgan preparat surunkali buyrak yetishmovchiligi rivojlanishini sezilarli darajada sekinlashtirishini isbotladi.

Ushbu yangilik yaqinda AQShning Filadelfiya shahrida bo‘lib o‘tgan yirik xalqaro nefrologlar anjumanida taqdim etildi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining telegram-kanalida e’lon qilingan xabarda.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur klinik tadqiqotning 3-bosqichida buyrak xastaligi bor qandli diabetga chalingan 1013 nafar bemor ishtirok etgan. Ularning salomatlik ko‘rsatkichlari uch yildan ko‘proq vaqt davomida maxsus kuzatuv ostiga olingan.

Shu asnoda qo‘llanilgan preparat buyrak funksiyasi yomonlashuvini samarali sekinlashtirishi tasdiqlangan. Ya’ni bardoksolon metil Keap1-Nrf2 signal yo‘lini faollashtirishi, bu esa hujayralarni kislorodning aktiv formalari bilan shikastlanishdan himoya qilishi ma’lum bo‘lgan. O‘z navbatida, bu preparat yurak uchun xavfsiz ekanligi tadqiqot davomida o‘z isbotini topgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring