Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bruneyda o‘g‘rining qo‘li kesiladi, besoqolboz toshbo‘ron qilinadi

Bruneyda o‘g‘rining qo‘li kesiladi, besoqolboz toshbo‘ron qilinadi

Foto: «Lenta.ru»

Joriy yilning 3-aprelidan e’tiboran Bruney sultonligida zino qilgan er yoki xotinlarga, shuningdek, bir jinsli aloqaga kirishganlarga toshbo‘ron jazosi joriy etiladi. O‘g‘rining esa qo‘li kesiladi. Bu haqda ВВС xabar bermoqda.

Sultonlik qonunchiligida bu o‘zgarishlarni xalqaro tashkilotlar, ayniqsa, Xalqaro amnistiya tashkiloti qattiq qoralab, Bruney hukmdorini jinoyatchilarga shar’iy jazo berish usullaridan voz kechishga chaqirdi. Biroq sultonlik chaqiriqlarga quloq solmoqchi emas. Sultonlik bayonotiga ko‘ra: «Biz o‘zgalarga hurmat ko‘rsatganimizdek, ular ham bizga hurmat bilan munosabatda bo‘lishlari kerak!».

Eslatib o‘tamiz, Bruneyda 2014-yildan shariat qoidalari bosqichma-bosqich joriy etib kelinmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring