Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BMT suriyalik muhojirlar uchun qancha mablag‘ zarurligini ma’lum qildi

BMT suriyalik muhojirlar uchun qancha mablag‘ zarurligini ma’lum qildi

Foto: «ru-an.info»

BMTning Qochoqlar masalalari bo‘yicha oliy komissarligi (UNHCR) suriyalik muhojirlar uchun zudlik bilan 271 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ zarurligini ma’lum qildi. Bu haqda «Haber7.com» xabar bermoqda.

BMTning Qochoqlar masalalari bo‘yicha oliy komissarligining Iordaniya poytaxti Ammon shahrida joylashgan ofisi bayonotiga ko‘ra, suriyalik muhojirlarning birlamchi ehtiyojlarini qoplash uchun 271 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ zarur ekan.

Ushbu mablag‘ Suriyadagi hamda Turkiya, Livan, Iordaniya, Misr va Iroqdagi suriyalik muhojirlarga sarflanadi.

UNHCR ma’lumotlariga ko‘ra, Suriya atrofidagi mamlakatlarda ayni paytda 2,6 million bola, 5,6 million katta yoshli suriyalik muhojirlar bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring