Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bloomberg: Jek Ma o‘z kasbini o‘zgartirdi

Bloomberg: Jek Ma o‘z kasbini o‘zgartirdi

Alibaba Group hammuassisi, xitoylik milliarder Jek Ma Tokio universitetining kollejiga professor sifatida ishga kirdi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

58 yoshli Ma 1-maydan dars berishni boshlagan. Universitet ma’lumotlariga ko‘ra, milliarder talabalarga tadqiqot, ayniqsa barqaror qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ishlab chiqarish bo‘yicha maslahat beradi.

Ma, shuningdek, tadbirkorlik va innovatsiyalar bo‘yicha seminarlar o‘tkazadi.

«Uning biznesmen sifatidagi faoliyati nihoyasiga yetganga o‘xshaydi. U ilgari ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan va biznesini tark etganidan so‘ng o‘qituvchilikka qaytish istagini bildirgan», — deydi LightStream Research tahlilchisi Oshadxi Kumarasiri.

Bir paytlar Xitoyning eng mashhur tadbirkori bo‘lgan Jek Ma jamoatchilik e’tiboridan chetda qoldi. Bu milliarderning XXR rasmiylarini tanqid qilganidan ko‘p o‘tmay sodir bo‘lgan. 

O‘shandan beri tadbirkor deyarli omma oldida ko‘rinmadi. Mart oyida u maktablardan biriga tashrif buyurish uchun Xitoyga keldi.

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy rasmiylari Mani mamlakatga qaytishga va biznes hamjamiyatiga hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini ko‘rsatishga ko‘ndirishga harakat qilishgan. Biroq, xitoylik tadbirkor xorijda qolishni va o‘z kompaniyalarini tark yetishni afzal ko‘rdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring