Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Belarus prezidentligiga nomzodini qo‘ygan shaxs 14 yilga qamaldi

Belarus prezidentligiga nomzodini qo‘ygan shaxs 14 yilga qamaldi

Belarus Oliy sudi v «Belgazprombank» boshqaruvining sobiq rahbari Viktor Babarikoni 14 yillik qamoq jazosiga hukm qildi, deb xabar beradi BelTA.

Prokuror esa sudlanuvchini 15 yilga ozodlikdan mahrum qilishni so‘ragan.

Babariko jinoiy yo‘l bilan topilgan daromadni legallashtirishda, juda katta miqdordagi pora olishda ayblangan. Babariko deputatlar orasidan uyushgan guruh yaratganlikda ham gumon qilingan.

Viktor Babariko 2000-2020-yillarda Belgazprombank boshqaruvi raisi bo‘lgan. O‘tgan yilning may oyida u prezidentlik saylovlarida qatnashishini e’lon qilgan va iyul oyida MSK Babarikoni nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etgandi.

Babariko qo‘yilgan ayblovlarni to‘la rad etgan va hukumatning bu harakatlarini muxolifatni yuzaga kelmasligi uchun qilinmoqda deb hisoblashini ta’kidlagan.

Ma’lumot o‘rnida, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko shaxsan boshqa davlat hududiga uchayotgan Ryanair samolyotini Minskda qo‘ndirishni buyurgan va samolyotda muxolif bloger Roman Protasevichni hibsga olishlarini buyurgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring