Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayden o‘z nutqida Tramp va Obamani chalkashtirib yubordi

Bayden o‘z nutqida Tramp va Obamani chalkashtirib yubordi

AQSh prezidenti Jo Bayden Barak Obamani Donald Tramp bilan chalkashtirib yubordi. Ushbu holat  C-SPAN telekanali tomonidan efirga uzatilgan.

Pensilvaniyadagi nutqi paytida u 2009-yilda «o‘sha paytda prezident Tramp» unga avtosanoatdagi inqirozni hal qilishni buyurganini aytgan.

«Kechirasiz, Freyd...Men vitse-prezident bo‘lganimda prezident Obama edi», — deb Bayden darhol o‘z xatosini tuzatib qo‘ygan.

Ma’lumot uchun, Barak Obama 2009-yildan 2017-yilgacha AQSh prezidenti bo‘lib ishlagan, Bayden o‘shanda vitse-prezident bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring