Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Atlantika okeanida suv harorati keskin ko‘tarilgani qayd etildi

Atlantika okeanida suv harorati keskin ko‘tarilgani qayd etildi

The Guardian nashrining yozishicha, Atlantika okeanining shimoliy qismida sirt harorati so‘nggi 42 yildagi eng yuqori haroratga yetgan. 

Shimoliy Atlantika okeanining sirt haroratini sun’iy yo‘ldosh orqali kuzatish 1981-yilda boshlangan.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil mart oyining birinchi haftasidan boshlab harorat anomaliyalari soni rekord darajaga ko‘tarilgan.

2023-yil iyun oyida dengiz sathining harorati avvalgi ko‘rsatkichlardan 0,5°C yuqori bo‘lgan. Qayd etilishicha, o‘rtacha kunlik harorat avgust oyining oxiriga kelib cho‘qqiga yetadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring