Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Asteroid atom bombasidan necha baravar kuchli?

Asteroid atom bombasidan necha baravar kuchli?

Sayyoramizning olis o‘tmishida dinozavrlarning qirilib ketishiga sabab bo‘lgani ehtimol qilinadigan asteroidning kuchi o‘lchandi.

Asteroid tushgan joy — bugungi Meksika hududidagi diametri 180 kilometrga teng Chiksulub krateri.

Michigan universiteti tadqiqot guruhi rahbarining aytishicha, asteroid yerga urilishi oqibatida ajralib chiqqan energiya Ikkinchi jahon urushida qo‘llanilgan atom bombasi (Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga tashlangan)nikidan 10 mlrd marotaba kuchliroq bo‘lgan. Asteroid qulashi oqibatida intensiv seysmik faollik boshlanib, bir necha haftadan bir necha oygacha davom etgani taxmin qilinmoqda. Asteriod, shuningdek, o‘ta kuchli to‘fonlarni keltirib chiqargan.

Olimlar Kolumbiya, Meksika va AQSh hududlaridagi asteroid qulagan davrga mansub geologik namunalarni o‘rganib shu xulosaga kelishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring