Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Arnold Shvarsenegger ko‘ngilsiz hodisaga uchradi

Arnold Shvarsenegger ko‘ngilsiz hodisaga uchradi

Aktyor, Kaliforniyaning sobiq gubernatori Arnold Shvarsenegger G‘arbiy Los-Anjelesda baxtsiz hodisaga uchradi, deb xabar bermoqda Daily Mail va TMZ.

75 yoshli aktyor shahar bo‘ylab mashinada ketayotgan bo‘lgan, biroq to‘satdan velosipedchi ayol uning qatoriga burilib, mashinasiga borib urilgan.

Aktyor tormoz bosishga ulgurmagan. Ayol velosipeddan yiqilib, yengil tan jarohatlari olib, shifoxonaga yetkazilgan. Shvarseneggerning o‘ziga zarar yetmagan.

Voqea sodir bo‘lganidan keyin u velosipedni olib, ta’mirlash ustaxonasiga olib bordi, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring