Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQShda qamoqxona sotuvga qo‘yildi, narx ham uncha qimmat emas...

AQShda qamoqxona sotuvga qo‘yildi, narx ham uncha qimmat emas...

AQShda sobiq qamoqxona sotuvga qo‘yildi, deb yozadi Independent nashri. Unda 34 ta jihozlangan kamera mavjud bo‘lib, ob’yektning umumiy qiymati 195 000 dollarni tashkil qiladi.

Qayd etilishicha, qamoqxona Missuri shtatida joylashgan bo‘lib, 40 yilga yaqin faoliyat ko‘rsatgan.

Yaqingacha sobiq qamoqxona omborxona va suratga olish joyi sifatida ishlatilgan. Qamoqxonada har birida hojatxona va yuvinish joyi bo‘lgan 34 ta jihozlangan kamera mavjud.

Rieltor Paula Vossning so‘zlariga ko‘ra, sobiq axloq tuzatish muassasasi ofisga aylantirilishi mumkin.

Savdo haqidagi e’lon ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida muhokamaga sabab bo‘lgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring