Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh o‘z fuqarolarini ogohlantirdi

AQSh o‘z fuqarolarini ogohlantirdi

Falastin-Isroil mojarosi avj olgan bir paytda amerikaliklarga Livanda qolish tavsiya etilmaydi, deb yozadi The Hill Davlat departamentiga asoslanib. Departament fuqarolarni Livanga borishdan tiyilishga chaqirdi.

«Davlat departamenti Livandagi AQSh fuqarolarini tijoriy imkoniyatlar hali ham mavjud bo‘lgan paytda tezroq ketishga undaydi. Biz ketishni istamagan AQSh fuqarolarini favqulodda vaziyatlarga tayyorlanishga chorlaymiz», — deyiladi bayonotda.

Davlat departamentining ogohlantirishi Livandagi bir qator ommaviy norozilik namoyishlari bilan bog‘liq. Nashrning ta’kidlashicha, gap HAMAS-Isroil to‘qnashuvidan keyin boshlangan Falastin tarafdorlari namoyishlari haqida ketmoqda.

«Davlat departamenti fuqarolarga namoyishlardan qochish va katta yig‘ilishlar yoki norozilik namoyishlari yaqinida ehtiyot bo‘lishni eslatadi», deydi Davlat departamenti.

Avvalroq amerikalik yahudiylar Oq uy qarshisida norozilik namoyishi o‘tkazib Baydenga talab qo‘ygani xabar berilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring