Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh kelasi yilda qancha muhojirni qabul qilishi ma’lum qilindi

AQSh kelasi yilda qancha muhojirni qabul qilishi ma’lum qilindi

Foto: «tass.ru»

Kelasi yili AQSh 30 ming muhojirni qabul qiladi. Bu so‘nggi 38 yildagi eng past ko‘rsatkichdir, deya xabar beradi «Haber7.com» nashri.

2018-yili 45 ming muhojirni qabul qilgan AQSh kelasi yili bor-yo‘g‘i 30 ming muhojirga eshiklarini ochadi. Oxirgi marta Amerika shuncha muhojirni 1980-yili qabul qilgan edi.

Muhojirlar kvotasini AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo matbuot anjumanida ommaga ma’lum qilgan. Mutaxassislar muhojirlar soni Pompeo aytganidan ham kam bo‘lishini taxmin qilishmoqda.

«Sobiq AQSh prezidenti Barak Obama davrida, ya’ni 2015-yilning 1 oktyabr kuni kelasi moliyaviy yil uchun 85 ming muhojirni qabul qilish ma’qullangan edi. Biroq 2016-yil oxirida, ya’ni hukumat tepasiga Donald Tramp kelganidan so‘ng muhojirlar soni 22 mingdan oshmagan edi»,-deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring