Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh harbiy bazasida NUJ va o‘zga sayyoraliklar jasadi saqlanishi aytilmoqda

AQSh harbiy bazasida NUJ va o‘zga sayyoraliklar jasadi saqlanishi aytilmoqda

Da’vo qilinishicha, AQSh harbiy havo kuchlarining «Hangar 18» bazasida uchar likopchalar va o‘zga sayyoraliklar jasadlari bor. Hatto Rozuelldagi mash’um aviahalokatning ashyoviy dalillari saqlanadigan xona ham mavjud. Bu haqda Daily Star ma’lum qilmoqda.

NUJlarga ishonuvchilarning ta’kidlashicha, AQSh Harbiy-havo kuchlari bazasi mashhur Rozuell aviahalokati vayronalari, begona jismlar, uchar likopchalar va boshqalar uchun maxfiy boshpanadir.

«Hangar 18» 1940 yillardan beri yerdan tashqaridagi faoliyat bilan shug‘ullangani haqida mish-mishlar tarqaldi. U yerda hatto tirik o‘zga sayyoraliklar ham yashirilgan bo‘lishi mumkin, deya taxmin qilinadi. 

«Hangar 18» atrofidagi nazariyalarning aksariyati Rozuell aerodromidagi aviahalokat bilan bog‘liq. 1947 yilda Qurolli kuchlar tomonidan yaqin joyda qulagan «uchar likopcha» topilgani haqida ma’lumot tarqatilgan. Biroq, keyinchalik bu xabar rad etilgan.

Keyinchalik, 1994 yilda rasmiylar Rozuellda Sovuq urush davridagi josuslik qurilmasi halokatga uchraganini tan olishadi, ammo bu NUJga ishonuvchilarni tinchlantirmadi.

Ularning fikricha, halokatdan keyin uchar jism qoldiqlari «Hangar 18»ga yetkazilgan va hozirga qadar u yerda saqlanmoqda. Bu gaplar bazadagi sobiq uchuvchilarning hisobotlaridan kelib chiqqan holda tarqalgan.  Xususan, bu haqda Oliver Xenderson rafiqasiga Rozuelldan NUJ qoldiqlari ortilgan samolyotda uchgani haqida aytib bergan.  U, shuningdek, bir nechta o‘zga sayyoraliklarning tansini ortib keltirganini ham ma’lum qilgan.

Yana bir voqea Ikkinchi jahon urushi qatnashchisining farzandlari tomonidan qayd etiladi, ular otasidan 1947 yilda Ogayo shtatidagi bazada tirik o‘zga sayyoralikni ko‘rgani haqida eshitishgan.  Aytishlaricha, u «Harbiylar bu jonzotni sinovdan o‘tkazib, yo‘q qilgani juda uyatli holat bo‘ldi», — deb aytgan.

Respublikachi senator Barri Golduoter ham 1960 yillarning boshlarida «Moviy xona» deb ataladigan xonaga kirishga uringanini, ammo uni general Rayt-Patterson to‘xtatganini aytgan. 

1974 yilda fantast-yozuvchi Robert Spenser Karr harbiylar angar ichida «kelib chiqishi noma’lum ikkita uchar likopcha» saqlaganini ta’kidladi, deya xabar beradi Tampa Tribune.

Bundan tashqari, u bazada operatsiya qilingan 12 nafar o‘zga sayyoraliklarning jasadini ko‘rgan armiyada yuqori martabali manbaga ega ekanligini ta’kidlagan.  Uning bayonoti rejessyor Djeyms L. Konueyani 1980 yilda «Hangar 18» deb nomlangan filmni suratga olishga ilhomlantirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring