Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Angela Merkelga yangi ish taklif qilishdi

Angela Merkelga yangi ish taklif qilishdi

Foto: «Gazeta.Ru»

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Germaniya sobiq kansleri Angela Merkelni ishga taklif qildi, deb xabar berdi DPA.

Merkeldan global jamoatchilik manfaatlari oliy maslahat organini boshqarishni so‘rashmoqda.

Sobiq kansler taklifga javob bergani yo‘q. Tashkilotning o‘zida ham Merkelning kelishiga ishonishmayapti.

BMTning global jamoatchilik manfaatlari bu — jahon miqyosida sog‘liqni saqlash, fan, tinchlik, tabiatni muhofaza qilish, jahon iqtisodiyoti kabi masalalar.

OAV oldinroq tarqalgan xabarlarida NATO bosh kotibligiga Yens Stoltenberg o‘rniga Merkelni nomzod sifatida ko‘rgandi. Merkelning maslahatchisi Beate Baumann esa uning avtobiografik kitob yozishi haqida aytgandi.

P.S.: Xabar berilishicha, Angela Merkel yuqoridagi masala yuzasidan BMT bosh kotibi bilan telefonda suhbat qurgan, taklif uchun minnatdorlik bildirib, rad javobini bergan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring