Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Amerikalik 104 yoshli momo parashyutda sakrab, jahon rekordini yangiladi

Amerikalik  104 yoshli momo parashyutda sakrab, jahon rekordini yangiladi

Chikagolik Doroti Xoffner bundan to‘rt yil oldin 100 yoshida birinchi marta parashyutda sakrab imkoniyatini sinab ko‘rgan edi, deb xabar bermoqda avtorarus.by

Bu safar 104 yoshli Doroti Xoffner parashyutda sakragan eng keksa odam sifatida Ginnesning rekordlar kitobi ro‘yxatiga kirishdan umidvor.  

Onaxon 4100 metr balandlikdan nazoratchi bilan parashayutda sakragan va Illinoys aeroportiga qo‘ngan.

«Yosh – bu shunchaki raqam», – deydi Doroti Xoffner.

Ayol bu haqda Amerikaning Ottava shahridagi aeroportga qo‘nganidan so‘ng uni kuzatayotgan odamlar oldida aytdi, – deb yozadi  Chicago Tribune.

Eng keksa parashyutchi rekordi 2022 yilning may oyida 103 yoshli shved Linniya Ingegard Larsson tomonidan o‘rnatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring