Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Alla Pugachyovaning nabirasi urushga safarbar qilindi — OAV

Alla Pugachyovaning nabirasi urushga safarbar qilindi — OAV

Rossiya matbuoti Alla Pugachyovaning nabirasi, aktyor va xonanda Nikita Presnyakov teatrdagi repetitsiyasidan olib ketilganini xabar qilmoqda.

31 yoshli Nikita Presnyakov qisman safarbarlikka chaqirildi. Bu haqda teatrga yaqin manbaga tayanib, «Beshinchi kanal» xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Nikita Presnyakov Moskva viloyat teatrida repetitsiya qilayotganida u yerdan olib ketilgan. Muassasa matbuot xizmati vakillari, shuningdek, Presnyakovning  menejeri holatga izoh berishdan bosh tortgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Alla Pugachyova keskin bayonot berib, farzandlari bilan birgalikda Rossiyani tark etgani haqida xabar berilgandi. O‘zining Gryaz qishlog‘idagi qasrini 1 milliard rublga sotuvga qo‘ygandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring